Qozog‘istonda 2 kishi bosqinchilik qurboni bo‘ldi.
Oqtoba shahrida tungi vaqtda xususiy uylardan birida bir qiz va uning ota-onasi garovga olingani haqida xabar kelib tushgan.
Polisiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, maxsus xizmatlar uch soat davomida muzokaralar o‘tkazgan. Biroq natija bo‘lmagach shturm o‘tkazishga qaror qilingan.
Operasiya natijasida garovdagi ayol ozod qilingan, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
24KZ xabariga ko‘ra, 67 yoshli ayol "Tez yordam" mashinasida, 75 yoshli erkak esa jarrohlik amaliyoti vaqtida vafot etgan. Yana bir ayol stabil og‘ir holatda qolmoqda, u ko‘plab jarohatlar olgan.