AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni Ukraina taqdiri qiziqtirmaydi. Bloomberg manbalarga tayanib, respublikachining Kiyevga befarqligi haqida xabar bermoqda.
“U Ukraina taqdiri bilan unchalik qiziqmaydi yoki urushning AQSh manfaatlari uchun strategik ahamiyatini tushunmaydi, degan taassurot paydo bo‘ldi”, - dedi agentlik manbalari.
Bundan tashqari, manbalarning qayd etishicha, Tramp Kiyevni Moskva bilan muddatidan oldin muzokaralarga majburlamaydi. Ularga ko‘ra, bo‘lajak ma’muriyat muzokaralar boshlanishidan oldin Ukrainaga kuchli mavqega qaytishiga yordam berishi mumkin, biroq Tramp nima qilishi noma’lum.