Primorsk o‘lkasining Dalnerechenskiy tumanida Zimniki qishlog‘i yaqinida tunda baliq ovlagan erkak Amur yo‘lbarsi hujumi oqibatida halok bo‘ldi.
Bu haqda "Amur tigeri" markazi ma’lum qildi.
"14 yanvar kuni ertalab ov inspeksiyasiga Dalnerechenskiy munisipal tumanida, Zimniki qishlog‘i hududida yo‘lbars odamga hujum qilgani haqida xabar kelib tushdi. Ovchilik inspeksiyasi va polisiya xodimlari tezda voqea joyiga yetib borishdi. Afsuski, voqea joyida odam jasadi va yo‘lbars izlari aniqlandi", - dedi viloyat o‘rmon xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, hayvonot dunyosi va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Filipp Shutov.
Hozirda hayvonning tajovuzkor xatti-harakati sabablari aniqlanmoqda.
Bir kun avval Primore gubernatori Oleg Kojemyako mintaqadagi aholi punktlariga kelayotgan yo‘lbarslar soni ko‘paygani, ularning uy hayvonlari va chorva mollariga hujum qilish holatlari kuzatilgani haqida xabar bergan edi.
"Mutaxassislarning fikricha, Afrika cho‘chqa bezgagi epidemiyasi tufayli yovvoyi cho‘chqalar soni keskin kamaygani sabab bo‘lmoqda. Bunday sharoitda yo‘lbarslar aholi gavjum hududlarga borib, oziq-ovqat izlaydi", - dedi viloyat rahbari.