Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti va vise-prezidentlari qayta saylandi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti va vise-prezidentlari qayta saylandi

Ayni paytda Milliy futbol markazida assosiasiyaning 2025 yil 22 fevralda o‘tkazilgan Navbatdan tashqari Kongress bayonnomasini tasdiqlash jarayoni davom etmoqda.

Shuningdek, 2025 yil moliyaviy ko‘rsatkichlarini tekshirish bo‘yicha auditorlik hisobotini tasdiqlash, tashkilotning 2025 yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot o‘qib eshittirilmoqda.

Xususan, bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti va vise-prezidentlari qayta saylandi:

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov o‘z lavozimiga qayta saylandi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov o‘z lavozimiga qayta saylandi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Odil Ahmedov o‘z lavozimiga qayta saylandi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga Avaz Karimov, Edita Mirobidova, Foziljon Komilov, Jahongir Usmonov, Oybek Kasimov, Avaz Azizxo‘jayev, Bekzod Mamatqulov va Diyor Imomxo‘jayev nomzodlari ilgari surildi.

Endilikda marosimning ikkinchi qismida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!