Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz boradigan davlatlar soni yana bittaga ko‘paydi

A A A
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz boradigan davlatlar soni yana bittaga ko‘paydi

O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.

2024 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Abdulla Belhul O‘zbekiston Hukumati bilan BAA Hukumati o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokolini imzoladi.

Hujjat rasman 2024 yil 16 fevraldan kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun: 2023 yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar O‘zbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSh dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan.

Imzolangan hujjat O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiylashtirmasdan boriladigan mamlakatlar sonini 29 taga yetkazib, O‘zbekistonni Global Passport Power reytingida (https://www.passportindex.org/byRank.php) 71-o‘ringa ko‘taradi.

Kiritildi: 17:44 16.01.2024. O'qildi: 3234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!