Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston FIFA reytingida kuchli 50 talikka qaytdi, Fransiya peshqadamga aylandi

O‘zbekiston FIFA reytingida kuchli 50 talikka qaytdi, Fransiya peshqadamga aylandi

FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan rasmiy reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z pozisiyasini yaxshilab oldi.

O‘zbekiston 50-o‘rinda

Vakillarimiz reytingda ikki pog‘ona yuqorilab, 1465.34 ochko bilan dunyoning eng kuchli 50 ta jamoasi qatoridan joy oldi. So‘nggi bahsda Venesuela bilan qayd etilgan durang (0:0) terma jamoamizga kichik bo‘lsa-da (+0.03) ijobiy ball taqdim etdi.

Osiyo qit’asida ham vakillarimiz kuchli beshlikdagi o‘rinlarini mustahkamlashgan. Qit’amizning yetakchi jamoalari quyidagicha ko‘rinish olgan:

Yaponiya — 18-o‘rin (+1)

Eron — 21-o‘rin (-1)

Janubiy Koreya — 25-o‘rin (-3)

Avstraliya — 27-o‘rin

O‘zbekiston — 50-o‘rin (+2)

Dunyoda yangi peshqadam

Reytingning yuqori qismida o‘zgarish yuz berdi. Fransiya terma jamoasi ikki pog‘ona yuqorilab, Ispaniyani ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Kuchli o‘nlik:

1. Fransiya (+2)

2. Ispaniya (-1)

3. Argentina (-1)

4. Angliya

5. Portugaliya (+1)

6. Braziliya (-1)

7. Niderlandiya

8. Marokash

9. Belgiya

10. Germaniya

Kiritildi: Bugun 18:54. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!