Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: yangi bitim iqtisodiy sheriklikning arxitekturasini belgilaydi

A A A
O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: yangi bitim iqtisodiy sheriklikning arxitekturasini belgilaydi

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Hujjat nafaqat siyosiy muloqotni institusional darajaga ko‘tarmoqda, balki iqtisodiy pragmatizm va amaliy manfaatlar asosida hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratmoqda.

Bitim 1996 yildagi hujjatni almashtirib, ikki tomonlama munosabatlarni zamonaviy global iqtisodiyot talablariga mos ravishda qayta shakllantirmoqda. Erkin bozor tamoyillari, texnik to‘siqlarni kamaytirish, bojxona jarayonlarini soddalashtirish va xizmatlar savdosini erkinlashtirish — mazkur hujjatning asosiy iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlaridir.

O‘zbekiston uchun Bitim Yevropa bozorlariga eksport imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish tizimlarini joriy etish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimini tezlashtirish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, u GSP+ imtiyozlaridan keng foydalanish va Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy hamkorlik bilan bir qatorda, hujjat inson huquqlari, sud mustaqilligi, gender tengligi va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash sohalarini ham qamrab oladi. Bunday yondashuv mamlakat islohotlarining barqarorligi va xalqaro ishonchni mustahkamlaydi.

Bitim O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarida yangi bosqichni ochdi — geosiyosiy emas, balki iqtisodiy pragmatizm va amaliy manfaatlar ustuvor bo‘lgan sheriklik modeli.

Kiritildi: 09:38 24.10.2025. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!