O‘zbekistonda mahalliy sariq handalak, obinovvot, gurlan, bo‘rikalla, ko‘kcha kabi qovun navlari nomdor sanaladi. Bugungi kunda ushbu mahsulot dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Statistika agentligi O‘zbekiston 2024 yilning 7 oyida eng ko‘p qovun eksport qilgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 10,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 24,3 ming tonna qovun eksport qilgan.
Xususan, qo‘shni Qirg‘iz Respublikasiga 7,2 ming tonna, Qozog‘istonga 6,2 ming tonna va Rossiyaga 5,9 ming tonna qovun eksport qilingan.
Shuningdek, ro‘yxatda qayd etilishicha, Latviyaga 1,3 ming tonna, Germaniyaga esa 0,8 ming tonna qovun yetkazib berilgan.