Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi

A A A
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi. Hujjatga ko‘ra:

➖ Institutda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

➖2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi ta’lim yo‘nalishi (bastakorlik san’ati, san’atshunoslik: musiqashunoslik) va magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik (ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi, musiqa san’ati) ochiladi;

➖ Konservatoriyada hozirda tahsil olayotgan bakalavriatning 2–4 kurs va magistraturaning 2-kurs talabalari o‘qishini Institutda davom ettiriladi.

🔹 Institutning asosiy vazifalari belgilanmoqda, jumladan:

➖ yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

➖ milliy estrada yo‘nalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish hamda ularni notaga ko‘chirish va amaliyotga keng joriy etish;

➖ milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish.

🔹 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari (324 ta), ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari (17 ta), maktab-internatlar (8 ta) hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga (2 ta) Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlari biriktiriladi hamda “Mahorat darslari” yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 18:10 16.10.2021. O'qildi: 2924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!