Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Trampning qarori Amerikaga zarba beradi

Trampning qarori Amerikaga zarba beradi

AQShning suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksportchilari prezident Donald Tramp ma’muriyatini Xitoy savdo kemalari uchun joriy etilayotgan yig‘imlar sanoatga jiddiy zarar yetkazishi va prezidentning AQShning "energetika ustunligi" siyosatini izdan chiqarishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

18 aprel kuni AQSh hukumati Xitoyda qurilgan yoki Xitoy kompaniyalariga tegishli bo‘lgan kemalar uchun yig‘imlar joriy etilishini e’lon qildi. Tramp ma’muriyatining fikricha, bu chora Xitoyning dengiz tashuvlari sohasidagi ustunligini zaiflashtirishi, Amerika ta’minot zanjirlariga bo‘lgan tahdidlarni bartaraf etishi va AQShda ishlab chiqarilgan kemalarga bo‘lgan talabni oshirishi kerak.

AQSh neft va gaz sektori manfaatlarini ifodalaydigan Amerika neft instituti (API) o‘tgan hafta energetika va ichki ishlar vazirlariga maktub yo‘lladi. Unda API prezident ma’muriyatiga AQSh STG ishlab chiqaruvchilari yangi talablarni bajara olmasligi haqida ogohlantirish berdi.

Kiritildi: 18:16 27.04.2025. O'qildi: 1077 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!