"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya Kubogi finali doirasidagi "Barselona" (2:3) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin yaxshi bo‘ldi. Birinchi bo‘lim qiyin o‘tdi, ikkinchi bo‘limda ancha yaxshi o‘ynadik. Kurashishda davom etish kerak. Bizda jamoani ayblash uchun hech narsa yo‘q.
Agar g‘alaba qozonsak, sensasiya bo‘lmasdi. Ikkinchi bo‘limda raqibdan ko‘ra g‘alabaga yaqinroq edik. O‘yin nazoratimizda edi.
Mbappe 90 daqiqa o‘ynay olmasdi, shuning uchun uni o‘yinning umumiy tezligi biroz pasayganda — ikkinchi bo‘limda tushirishni ma’qul ko‘rdim. U juda yaxshi o‘ynadi, hisobni tenglashtirdi.
Kubok ko‘tara olmaganimiz og‘riqli, ammo jamoani ayblash uchun hech narsa yo‘q. Biz kerakli darajada o‘ynadik", — deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca.