Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston butun YEOII hududida davlat xizmatlarini integrasiyalashni taklif qilmoqda

O‘zbekiston butun YEOII hududida davlat xizmatlarini integrasiyalashni taklif qilmoqda

Bu tashabbus bilan YEOIIga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari ham ishtirok etayotgan Digital Almaty-2023 xalqaro raqamlashtirish forumining yalpi majlisida mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov chiqdi.

Aripovning ta’kidlashicha, joriy yilda respublikada sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori kabi sohalar raqamlashtirilmoqda.

Shuningdek, yaqin 2 yilda xalqaro internet-kanalni kengaytirish, mobil aloqa tarmog‘ini modernizasiya qilish va barcha viloyat markazlarini 5G standarti bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

«Yuqoridagi ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yaqin hamkorliksiz mumkin emas. Shu munosabat bilan biz mintaqaviy miqyosdagi tashabbuslarimizni faol integrasiya qilishga bel bog‘laganmiz...», — deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud imkoniyatlarni birlashtirish mintaqani raqamli texnologiyalarning ilg‘or markaziga aylantirish imkonini beradi.

▪️EOIIga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi. Moldova, Kuba va O‘zbekiston kuzatuvchilardir.

Kiritildi: 17:53 03.02.2023. O'qildi: 3430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!