Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston BMTning davlat xizmati forumiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston BMTning davlat xizmati forumiga mezbonlik qiladi

23-25 iyun kunlari tarixiy Samarqand shahri ilk marotaba Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzli Davlat xizmati forumi — 2025’ga (UNPSF) mezbonlik qiladi.

Ushbu global ahamiyatga ega tadbir “2030 yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish” mavzusida bo‘lib, vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga to‘playdi.

Forum 23 iyun — BMTning Davlat xizmati kunida rasman ochiladi va davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda davlat xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgan yuqori darajadagi muzokaralar, innovasion yechimlar va strategik hamkorlik uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Kiritildi: 09:08 14.04.2025. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!