Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

1 maydan jarima ballari tizimi joriy etilishi mumkin

1 maydan jarima ballari tizimi joriy etilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, 1 maydan boshlab O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi.

Agar haydovchi bir yil ichida 12 ball to‘plasa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Barcha jarima ballari “E-jarimaball” elektron tizimi orqali avtomatik hisoblanadi.

Haydovchi 6 oy mobaynida qoidabuzarlik qilmasa, uning 2 balli bekor qilinadi. Agar 8 ball to‘plasa, SMS orqali ogohlantiriladi. Haydovchi jarima ballari natijasidan norozi bo‘lsa, sud orqali shikoyat qilish huquqiga ega.

Kiritildi: Bugun 00:57. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!