Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Kursk viloyatida harbiy harakatlar davom etmoqda — Ukraina prezidenti

Kursk viloyatida harbiy harakatlar davom etmoqda — Ukraina prezidenti

Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyning frontdagi vaziyat haqidagi hisobotini tinglaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, frontning ko‘plab yo‘nalishlarida vaziyat "murakkabligicha qolmoqda".

"Bizning harbiylarimiz Kursk va Belgorod viloyatlarining ma’lum hududlarida faol mudofaa harakatlarini davom ettirmoqda", – deya yozdi Ukraina yetakchisi Telegram-kanalida.

Shu tariqa, Zelenskiy Vladimir Putinning kuni kecha bergan bayonotini amalda rad etdi. Rossiya Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov Putinga Kursk viloyati KXDR harbiy xizmatchilarining "sezilarli yordami" tufayli "ozod qilingani"ni ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 20:36 27.04.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!