Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston avgust oyida qancha oltin sotdi?

O‘zbekiston avgust oyida qancha oltin sotdi?

Xalqaro oltin kengashi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning avgust oyidagi oltin eksporti 31,7 tonnani tashkil etgan. Bu haqida Reuters agentligi yozmoqda.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston shu yil yanvar–avgust oylarida 5,8 milliard dollarlik oltin sotgani, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,5 barobarga ko‘pligini ma’lum qilgandi.

2020 yilning 8 oyida jami eksport hajmining 50 foizini aynan oltin tashkil etgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 milliard dollardan ortiqroq bo‘lgan.

Kiritildi: 19:25 08.10.2020. O'qildi: 2958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!