O‘zbekiston 2030 yilga qadar ishlab chiqarishni oltinda 175 tonnaga, kumushda 500 tonnaga, uranda 15 ming tonnaga, misda 500 ming tonnaga yetkazishni maqsad qilgan.
Bu borada amalga oshirilayotgan 22 milliard dollarlik loyihalar doirasida yaratilgan 40 mingga yaqin yuqori daromadli ish o‘rinlari yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘ladi.
“Hozir respublika faollariga murojaat qilmoqchiman. Yoshlarga yetkazinglar: o‘qisin, izlansin, bunday korxonalarda ishlab, hayotda munosib o‘rnini topsin!” – dedi Prezidentimiz.
Bugun ishga tushirilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi Yangi O‘zbekistonning tog‘-kon va metallurgiya sanoatini yangi texnologiyali bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.
Davlatimiz rahbari fabrikani qurishda faol ishtirok etayotgan barcha ishchi-xodimlar, quruvchi va mashinistlar, muhandis va texnologlar, geolog va konchilar, o‘zining tajribasi va kasbiy salohiyati bilan yoshlarga ustozlik qilayotgan faxriylar, loyihaga o‘z hissasini qo‘shyaptgan xorijiy hamkorlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi. Fabikaning yangi mehnat jamoasiga esa kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
Marosimda kombinat ishchilari, mehnat faxriylari, professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqdi. Prezidentimiz fabrika faoliyatiga start berdi.