Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Uzbekistan Airways ma’lumotlar bazasida sizma bo‘lganini rad etdi

Uzbekistan Airways ma’lumotlar bazasida sizma bo‘lganini rad etdi

Aviakompaniya barcha infratuzilma odatdagi tartibda ishlayotganini ma’lum qildi.

“Bir qator nashrlarda go‘yoki ma’lumotlar sizib chiqqanining isboti sifatida keltirilgan misollar ishonchsiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Materiallarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bizning axborot tizimlarimizga aloqador emas va dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisa mavjudligi haqida noto‘g‘ri taassurot qoldirish maqsadida sun’iy ravishda yaratilgan yoki tahrirlangan bo‘lishi mumkin”, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Hozirda ma’lumotlar sizgani haqidagi xabarlar sabab reglamentga ko‘ra xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Olingan natijalar himoya choralarini mustahkamlash uchun ishlatiladi.

Kiritildi: Bugun 13:23. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!