Chegirma barcha yo‘nalishlar bo‘yicha faqat bir kun – 2025 yil 28 yanvar kuni amal qiladi.
Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining 33 yilligi sharafiga iqtisodiy va biznes klassxizmatlarining tariflariga 30% chegirma e’lon qiladi.
Chegirmali aviachiptalarni booking.uzairways.com saytidan, aviakompaniya agentlaridan va Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilishingiz mumkin. Yo‘lovchi va yuk tashish tarifiga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi, ularga 30% gacha chegirma qo‘llanilmaydi, — deyiladi xabarda.