Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Uzbekistan Airports noqonuniy davlat xaridini o‘tkazgani fosh etildi

Uzbekistan Airports noqonuniy davlat xaridini o‘tkazgani fosh etildi

6,8 mlrd so‘mlik «bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatini ko‘rsatish» bo‘yicha o‘tkazilgan xarid jarayonida qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumoticha, «bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatini ko‘rsatish» bo‘yicha o‘tkazilgan xarid jarayonida qator qonun hujjatlari talablari buzilgan. Eng asosiysi, takliflarni baholashda ishtirokchilarga nisbatan xolis yondashilmagani, ularning hujjatlari to‘liq inobatga olinmagani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, tanlovda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgani va baholash jarayonida jiddiy xatolar yo‘l qo‘yilgani ham aniqlangan. Bu holat xarid komissiyasi ishida shaffoflik va adolat mezonlari buzilganini ko‘rsatmoqda.

Noqonuniy xaridga yo‘l qo‘ymaslik uchun Agentlik taqdimnomasi asosida xarid komissiyasi qabul qilgan bayonnomalar bekor qilindi. Shu orqali davlat mablag‘larining noqonuniy sarflanishi oldi olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Kiritildi: 17:54 23.08.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!