O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Rossiyaning Leningrad viloyati ma’muriyati hamkorligida mahalliy telekanallarda II jahon urushidagi G‘alabaning 83 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbek qizi” badiiy filmi namoyish etilmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur film namoyishi Rossiyada 22 iyun kuni nishonlanadigan Xotira va motam kuni munosabati bilan “LenTV24”, “VGTRK”, “Kirishi”, “TERA-studiya” va “Syas-TV” telekanallarida efirga uzatilgan.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, kinokampaniya tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, film namoyishi O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqidagi tarixiy xotirani saqlab qolish, shuningdek, urush yillarida yuz minglab evakuasiya qilinganlarni qabul qilgan o‘zbekistonliklarning insonparvarlik jasoratini ommalashtirishga xizmat qiladi.