Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbek migrantlari Rossiyaga vabo, o‘lat tashiyaptimi?

O‘zbek migrantlari Rossiyaga vabo, o‘lat tashiyaptimi?

2000 rubl uchun jonidan ayrildi

Har haftada Rossiyada qurbon bo‘layotgan o‘nlab mehnat muhojirlarining o‘limlari haqida xabarlar yoritilmoqda. Ularning aksari yo‘l-transport hodisalari va qurilishlarda sodir bo‘lmoqda. Quyidagi fojia esa odatdagidan farqliroq sodir bo‘ldi.

Ramenskiy tumanida daraxt arralayotgan o‘zbekistonlik ishchining ustiga qarag‘ay qulab, muhojir voqea joyida halok bo‘ldi.

30 yoshli Samad Islomov bu yerga 1 yil oldin ishlashga kelgan edi. U amakisi va ukasi bilan birga yashab ishlagan. Ish muammo bo‘lganidan, ular turli yumushlari bajarib yurishgan. Shu kuni daraxt arralashga Samadning bir o‘zi borgan. Bu ish uchun unga 2000 rubl to‘lash va’da qilingan edi.

O‘zbek migrantlari Rossiyaga vabo, o‘lat tashiyaptimi?

«Migrantlarni nazorat qilishni kuchaytirish vaqti keldi» nomli sarlavha bilan kattagina tahliliy maqola e’lon qildi «Mir novostey» sayti.

RANXiGS va Gaydar tadqiqot institutlari mutaxassislari Rossiyaga kelayotgan Markaziy osiyolik migrantlar oqimini so‘nggi 10 yilga taqqoslaganda 2019 yilda anomal darajadagi ko‘rsatgich bo‘lib ko‘rinmoqda, deya baholashdi. Tadqiqotda joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra Rossiyada mehnat muhojirlarining 4 mln 400 mingdan ziyodligi ta’kidlangan.

Muxbir Igor Vereskov bu ma’lumotlar asosida Rossiya uchun Markaziy osiyolik mehnat muhojirlari haddan tashqari ko‘p, degan xulosaga kelgan va ulardan Rossiyaga yetishi mumkin bo‘lgan zararlar haqida to‘xtalib o‘tgan.

«Ko‘pchilik noqonuniy ravishda ishlaydi - kamida 2 mln kishi. Kam ish haqi talab qilishlari evaziga mehnat bozorida nosog‘lom raqobat yaratishmoqda. Buning natijasida ular mahalliy aholining daromadlarini kamaytirib, soya sektorini ko‘paytirmoqdalar. Davlatga to‘lanmagan soliqlar milliardlab rubllar kelib tushmaydi. Bu masalaning iqtisodiy tomoni. Ammo millionlab mamlakat fuqarolarining sog‘ligi va hayoti uchun xavf tug‘diradigan yana bir masala bor», - deb yozadi «Mir novostey» sayti.

Nashrga ko‘ra, migrantlarning tibbiy ko‘rik borasidagi hujjatlari shubhali.

«Markaziy Osiyo mamlakatlarining bir qancha hududlari hanuzgacha gemorragik isitma, vabo, o‘latlarning o‘choqlari bor. Rossiyada esa bu kasalliklar allaqachonlar yo‘qotilgan.

Kim kafolot beradiki, o‘z yurtida ma’lumotnoma sotib olib kelgan gastarbayter biron bir yuqumli kasallikni olib kelmaydi, deb?»

Muxbir o‘z maqolasi so‘nggida Rossiyaga kirib kelayotgan har bir Markaziy osiyolik mehnat muhojirini majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni taklif qiladi.

Migrant qayerda yashasin?

Mehnat muhojirlari Rossiya uchun muammo deb qaraydiganlar oz emas. Yana bir misol: «RIA Novosti» da e’lon qilingan «Bir xonadonga minglab» maqolasida Moskvada IIB tomonidan noqonuniy mehnat muhojirlariga qarshi o‘tkazilayotgan reydlar xususida so‘z boradi. Moskva nolegal gastarbayterlar bilan qanday kurashmoqda?

Moskva muammolaridan biri — noqonuniy mehnat muhojirligi. Bu bilan chet elliklarni soxta qayd («registrasiya»)ga qo‘yish bilan shug‘ullanish ortib ketdi. Moskva shahar Dumasi soxta hujjatlar bilan savdo qiluvchi tashkilotlarga qarshi choralar ko‘rmoqda, deyiladi maqolada.

IIV ma’lumotlari asosida Moskva shahri va vilotidagi bir xonadonga qo‘yilgan o‘nlab migrasiya qaydlarining bekor qilingani haqida faktlar keltirilgan.

«Ish faol olib borilmoqda. Masalan, 2018 yilda 68 mingdan ortiq kishi noqonuniy qo‘yilgani uchun migrasiya qaydidan chiqarib yuborilgan. Bu oldingi yilga qaraganda uch barobar ko‘pdir, - deydi RIA Novostiga IIV migrasiya boshqarmasi vakili Yuriy Konobeevskiy.

Maqoladagi qissadan hissa shuki, endilikda soxta registrasiyalar uchun qamalish mumkin, Shahar Dumasi bu boradagi ma’muriy javobgarlikni 3 yilgacha qamoq jazosi berilishiga aylantirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlashgan.

O‘zbekiston: har beshinchi kishi pul o‘tkazmalari hisobiga yashamoqda

O‘zbekistondagi «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan mamlakatdagi migrasiya bilan bog‘liq jarayon to‘g‘risidagi so‘rovnoma rusiyzabonlar orasida shunday yangradi.

Migrasiya bo‘yicha asosiy yo‘nalish - Rossiya. Har uch respondentning biri munosib ish haqi evaziga vatanida qolishga rozi. Har besh kishidan biri xorijdagi yaqinidan muntazam ravishda moddiy ko‘mak oladi kabi misollarni keltiradi manba.

Saytga ko‘ra, mehnat muhojirligi - dangasalar tanlovi. Ular o‘zbekistonlik sosiologlar mehnat muhojirlarining ijtimoiy qiyofasini chizganligini ham bildirishdi.

«O‘rta yoshlardagi o‘rta ma’lumotli, o‘ziga past sosial qatlam deb qarovchi erkak va ayol» deya dalil keltiriladi maqolada. Shuningdek, o‘zbekistonlik muhojirlar «alohida kuch va ma’lumot talab qilmaydigan, tez pul ishlash»ga intilishadi, degan xulosaga kelgan sosiologlar.

Mitishida muhojir pedofillikda ayblanmoqda

Yuqoridagilar migrasiya borasidagi tahliliy maqolalar edi. Mehnat muhojirlarining o‘zlari-chi, ular haqida bir xaftada qanday xabarlar e’lon qilindi.

Afsuski, hozircha salbiy xabarlar ketma-ketligi. Birgina misol, Mitishida O‘zbekiston fuqarosi pedofillikda ayblanmoqda.

Rossiya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga ishlashga kelgan o‘zbek yigit hovlini aylanib, u yerda o‘ynayotgan 8-10 yoshli qizchalarni telefoniga tasvirga olgan. Keyin esa qizchalarni muzqaymoq bilan mehmon qilishni taklif qilgan. Rozi bo‘lgan qizchalarni uyiga taklif qilgan.

Ayni paytda mahkamada so‘roq berayotgan muhojir "oila qurish" istagida bo‘lganini aytgan, deb yozmoqda rus nashrlari.

Manba: minbar.uz

Kiritildi: 15:48 11.09.2019. O'qildi: 3082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!