Saudiya Arabistonining Dammam shahrida uzoq yillar davomida turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchragan R. G. ismli O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, vataniga qaytishga yordam so‘ragan.
Saudiya Arabistoni qonunchiligiga ko‘ra, xorijiy fuqarolar mamlakatdan chiqish uchun viza olishi shart. Ayollar esa bunda rasman turmush o‘rtog‘ining ruxsatini olishlari kerak.
R.G.ning arizasiga asosan uning turmush o‘rtog‘i hibsga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Suhbat chog‘ida unga chiqish vizasi uchun ruxsat berish, turmush o‘rtog‘iga to‘sqinlik qilmaslik, ta’qib qilmaslik va zarar yetkazmaslik bo‘yicha majburiyat yuklandi.
Natijada R.G. chiqish vizasiga ega bo‘ldi va O‘zbekistonga qaytib keldi.