Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

UzAuto Motorsning ishlab chiqarish hajmi faqat Damas hisobiga o‘smoqda

UzAuto Motorsning ishlab chiqarish hajmi faqat Damas hisobiga o‘smoqda

Mana buni ishlab chiqarish inqirozi, desa bo‘ladi. UzAuto Motors ishlab chiqarganidan 1,5 baravar kam avtomobil sotgan. Kompaniya atigi 25 mingta Tracker va Onix sotgan, vaholanki u ushbu rusumdagi 40 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqargan edi.

Avtosalonlarning omborlarida 9 mingga yaqin avtomobil bor. Yana bir necha mingtasi eksportga jo‘natilgan.

Zavodning umumiy ishlab chiqarish hajmi Damas hisobiga o‘sib bormoqda, biroq yengil avtomobillar segmentida 8,8 foizga pasayish kuzatilmoqda.

2025 yilning birinchi yarmida 113 198 dona Cobalt, Tracker va Onix ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning shu davrida esa 124 242 dona Cobalt, Lacetti, Tracker va Onix ishlab chiqarilgan.

Kiritildi: 04:26 24.07.2025. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!