Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Ro‘ziqul Berdiyev — Gvardioladan yuqorida!

Ro‘ziqul Berdiyev — Gvardioladan yuqorida!

Dunyoning 55 ta chempionati orasida eng uzoq vaqtdan beri o‘z klubini boshqarayotgan murabbiylar reytingi e’lon qilindi.

Quvonarlisi, "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ushbu ro‘yxatda 3-o‘rinni egalladi. U Qarshi klubini 2012 yil yanvaridan beri boshqarib kelmoqda — 14,3 yil.

Reytingda yetakchilikni Frank Shmidt egallab turibdi. U “Haydenhaym”ni 18,6 yildan beri boshqarmoqda.

2-o‘rin esa Diyego Simeonega nasib qildi. “Atletiko” ustozi jamoada 2011 yildan beri faoliyat olib bormoqda.

Qiziq jihati shuki, hamyurtimiz Ro‘ziqul Berdiyev bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolani ortda qoldirmoqda.

TOP-10 reyting bilan tanishing.

Ro‘ziqul Berdiyev — Gvardioladan yuqorida!

Kiritildi: Bugun 20:07. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!