Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda 86 199 nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Ularning soni mamlakatlar kesimida quyidagicha:
- Tojikiston — 59 145 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 15 631 nafar;
- Qozog‘iston — 8 224 nafar;
- Rossiya — 1 899 nafar;
- Afg‘oniston — 914 nafar;
- Turkmaniston — 224 nafar;
- Turkiya — 47 nafar;
- AQSh — 16 nafar;
- Xitoy — 15 nafar;
- Ozarbayjon — 11 nafar;
- Boshqa davlatlar — 73 nafar.