Usmon Dembele klublar o‘rtasidagi jahon chempionati startini o‘tkazib yuboradi.
"PSJ" va Fransiya terma jamoasi vingeri Ispaniyaga qarshi Millatlar ligasi 4:5 nimchorak finalida jarohat oldi.
RMC Sport xabariga ko‘ra, futbolchining tiklanishi 2-3 hafta davom etadi. U 14 iyun kuni boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichini o‘tkazib yuboradi, biroq parijliklar guruhdan chiqsa, pley-offda ishtirok etishi mumkin.
Bredli Barkola ham tizzasidan jarohat oldi va Millatlar ligasi uchinchi o‘rin uchun Germaniyaga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi, ammo 15 iyun kuni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Atletiko"ga qarshi o‘ynashga tayyor bo‘ladi.