Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Usmon Dembele «Barselona» yarim himoyachisiga xabar yubordi

Usmon Dembele «Barselona» yarim himoyachisiga xabar yubordi

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele o‘zining sobiq jamoadoshi — «Barselona» futbolchisi Gaviga qo‘llab-quvvatlov so‘zlari yo‘lladi. Avvalroq 21 yoshli yarimhimoyachi oyog‘idan operasiya qilingani va to‘rt-besh oy maydondan tashqarida qolishi ma’lum bo‘lgan edi.

«Kuch-g‘ayrat tilayman, birodar! Yaqin orada tuzalib, seni yana maydonda ko‘rishni istayman! Qattiq quchaman va sog‘inaman!» — deb yozdi Dembele ijtimoiy tarmoqda.

Gavi avgust oyi boshida jarohat olgan. Joriy mavsumda u La Liganing ikki o‘yinida ishtirok etib, bir assist qayd etdi. 22 sentyabr kuni esa Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritib, 2024/2025 mavsumi natijalariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kiritildi: 09:17 25.09.2025. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!