Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Usiz yaxshiroqmiz»: Enrike Mbappening ketishi «PSJ»ga foyda berganini isbotlashga tayyor

«Usiz yaxshiroqmiz»: Enrike Mbappening ketishi «PSJ»ga foyda berganini isbotlashga tayyor

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning sobiq a’zosi Kilian Mbappe haqida aytgan gaplarini yodga oldi.

«Mbappeni ushbu jamoa uchun haqiqiy muammo ekanligi va usiz biz yanada yaxshiroq bo‘lishimiz haqida aytganimda, bu juda jasoratli qadam bo‘lgan deb o‘ylayman. Biz buni mana ikkinchi bor isbotlash arafasida turibmiz, har ikki jamoaning statistikasi buni yaqqol ko‘rsatib turibdi», — deya Enrikening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Mbappe 2017 yildan 2024 yilgacha «PSJ» sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng erkin agent sifatida Madridning «Real» klubiga o‘tgan edi.

Kiritildi: Bugun 16:38. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!