Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni faqat cho‘zishga harakat qilmoqda, bu esa Rossiya uchun foydali bo‘lib bormoqda. Bu fikrni britanlik harbiy tahlilchi Aleksandr Merkuris YouTube’dagi chiqishida bildirdi.
Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi mojaroni tez yakunlash yoki aniq diplomatik yechim topish bo‘yicha samarali strategiyaga ega emas. Shu sababli, mavjud siyosat faqat urushni cho‘zishga xizmat qilmoqda.
Tahlilchining fikriga ko‘ra, G‘arbning Rossiyani zaiflashtirishga qaratilgan harakatlari kutilgan natijani bermagan. Aksincha, u Rossiya armiyasi avvalgi yillarga nisbatan kuchayganini va harbiy salohiyat oshganini ta’kidlagan.