Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Bu haqda advokat Sherdor Abdiqaparovga tayanib “24 kg” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tashiyevdan tashqari sobiq deputat Kurmankul Zulushev va Jogorku Keneshning (parlament) sobiq spikeri Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘liga ham ayblov e’lon qilindi. Ular ham ilgari ishning boshqa ishtirokchilariga qo‘llangan moddalar bilan ayblangan.

"Gap ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va tergov tomonidan davlat to‘ntarishiga urinish sifatida baholanayotgan og‘ir jinoyatlar haqida bormoqda", deyiladi xabarda.

Huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga ko‘ra, gumonlanuvchilar Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Tergov bosh boshqarmasida so‘roq qilingan. So‘roq jarayoni bir necha soat davom etgan, shundan so‘ng ular idora binosini tark etgan.

Ayblov tafsilotlari va tergov jarayoni rasman oshkor etilmayapti. Manbalarga ko‘ra, ish “75 maktub” deb atalgan murojaat bilan bog‘liq. Fevral oyida 75 kishi prezident Sadir Japarov va Jogorku Kenesh raisiga muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni so‘rab murojaat yo‘llagandi. Murojaat mualliflari keyinchalik qo‘lga olinib, ayrimlariga jinoiy ish ochilgan.

Qamchibek Tashiyev 2026 yilning fevral oyida Qirg‘iziston MXDQ raisi lavozimidan bo‘shatilgan. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Tashiyev endi hech qachon davlat xizmatiga qaytmasligini e’lon qilgan. Japarov, shuningdek, Tashiyevni ishdan olishini “Qirg‘iziston jamiyatida boshboshdoqlik yuzaga kelishining oldini olish” bilan izohlagan edi.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!