Germaniya kansleri Fridrix Mers Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishi maqbul deb hisoblaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Mers nima haqida gapirayotganini bilmaydi! Agar Eronda yadroviy qurol bo‘lganida, butun dunyo garovga olingan bo‘lar edi. Men hozir Eron haqida boshqa davlatlar yoki prezidentlar ancha oldin qilishlari kerak bo‘lgan ishni qilyapman", deyiladi postda.
Tramp Germaniya kanslerining pozisiyasini keskin tanqid qildi va uning rahbariyatini shubha ostiga qo‘ydi, natijada Germaniyaning iqtisodiy ahvoli yomonlashayotganini aytib o‘tdi.
"Germaniyaning ham iqtisodiy, ham boshqa jihatdan bunchalik yomon ahvolda ekanligi ajablanarli emas!", deb xulosa qildi Amerika yetakchisi.
Avvalroq Mers Erondagi urushning tezda tugashiga shubha bilan qaragan edi, chunki AQShda tinchlikka erishish uchun ishonchli strategiya yo‘q. "Hozircha men amerikaliklar qanday strategik variantni tanlashini tushunmayapman, ayniqsa eronliklar muzokara olib borishda juda mohir - yoki, aniqrog‘i, muzokara olib bormaslikda juda mohir", dedi kansler.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Eronga qarshi urush boshlash haqidagi qarori, ayniqsa Yevropa Ittifoqi bilan maslahatlashmasdan, o‘ylanmagan edi va u buni Trampga bir necha bor aytgan.