Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Urush davomida 83 mingdan ortiq halok bo‘lgan rossiyalikning shaxsi aniqlandi

Urush davomida 83 mingdan ortiq halok bo‘lgan rossiyalikning shaxsi aniqlandi

Ularning aksariyat qismi Boshqirdistondan, deyiladi xabarda.

«Bi-bi-sining rus xizmati» va «Mediazona» volontyorlar bilan birgalikda urushda halok bo‘lgan harbiylarning shaxsini sanab chiqishdi. 13 dekabr holatiga ko‘ra, keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon xalok bo‘lgan jami 83 338 kishining shaxsi aniqlangan.

«Bi-bi-sining rus xizmati» ta’kidlashicha, halok bo‘lganlar orasida aksariyat qismi Boshqirdistondan bo‘lgan. Unda halok bo‘lgan 3487 nafar boshqiriyalikdan qariyb yarmi urushda ko‘ngillilar safida qatnashgan.

Boshqirdiston 2023 yil yanvaridan beri eng ko‘p yo‘qotishlarga uchragan beshta respublikadan biri bo‘lib, uch oydan buyon bu ro‘yxatni boshqarib kelmoqda. Nashr urushga boradiganlarning asosiy qismi qishloq aholisidan iborat ekanini aniqladi. Boshqirdistonda shartnomani imzolash uchun to‘lanadigan mablag‘ (1,3 million rubl) 2023 yildagi o‘rtacha ish haqidan (46 700 rubl) 27 barobar ko‘p.

Kiritildi: 17:23 13.12.2024. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!