Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Urugvay bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bilan o‘yin jiddiyroq bo‘ladi"

Urugvay bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bilan o‘yin jiddiyroq bo‘ladi"

Dominikan Respublikasiga qarshi (1:0) o‘yindan keyin Marselo Byelsa matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazdim. O‘yindan qoniqmadim, chunki o‘z imkoniyatimizdan past harakat qildik. O‘zbekiston bilan bunday qilib bo‘lmaydi. Ular JChda ishtirok etadilar, demak jiddiy qarashimiz kerak. Qolaversa yaqinda murabbiylari o‘zgardi.

- O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinini ko‘rdingizmi? Keyingi o‘yinda tarkib qanday bo‘ladi?

- Bahsni ko‘rmadim, endi bu o‘yinga tayyorlanamiz. Tarkib esa bir kun avval hal bo‘ladi.

O‘zbekiston - Urugvay o‘rtoqlik o‘yini 13 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Bahs bizning vaqt bilan 17:45da start oladi.

Kiritildi: 11:39 11.10.2025. O'qildi: 1158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!