Millionlab O‘rta G‘arb aholisiga Kanadadan tarqaladigan zaharli yong‘in tutuni sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaslik uchun uyda qolish tavsiya qilindi.
Bu haqda Newsweek nashri xabar berdi.
"O‘rta G‘arbiy shtatlarda yashovchi millionlab amerikaliklarga Kanadadan mintaqaga yetib kelgan o‘rmon yong‘inlari tutunidan nafas olmaslik uchun uyda qolish tavsiya qilingan", deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari zaharli tutun bulutini hosil qilgan va u chegarani kesib o‘tib, AQShga kirib kelgan va bu havo sifatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Minnesota, Viskonsin va Michigan shtatlarida 22 millionga yaqin odam hozirda dushanbaga qadar amalda bo‘ladigan havo sifati bo‘yicha ogohlantirishlar ostida.
Avvalroq Kanadaning Manitoba provinsiyasida o‘rmon yong‘inlari sababli joriy yilda ikkinchi marta favqulodda holat e’lon qilingan edi.