Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bugun, 27 noyabr kunidan 6202/6201 va 6204/6203-sonli «Urgut – Samarqand – Urgut» shaharlararo poyezdining xar kunlik qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Urgut 06:30, Jartepa 06:45 – 06:47, Samarqand 07:34.
Samarqand 08:47, Jartepa 09:34 – 09:36, Urgut 09:51.
Urgut 16:59, Jartepa 17:14 – 17:16, Samarqand 18:03.
Samarqand 19:27, Jartepa 20:14 – 20:16, Urgut 20:31