Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘rganishlar natijasida loyiha hujjatlariga asossiz kiritilgan qariyb 2,4 trln. so‘m mablag‘ maqbullashtirildi

O‘rganishlar natijasida loyiha hujjatlariga asossiz kiritilgan qariyb 2,4 trln. so‘m mablag‘ maqbullashtirildi

O‘rganishlar natijasida loyiha hujjatlariga asossiz kiritilgan qariyb 2,4 trln. so‘m mablag‘ maqbullashtirildi.

AOKAda Bosh prokuratura mas’ul xodimi Mansur Ro‘zimov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda qurilish sohasida qonunchilik ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi:

Joriy yilning o‘tgan davrida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 2.051 ta, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi 946 ta va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlaridagi 4.425 ta, “Tashabbusli byudjet” dasturlaridagi 4.169 ta ob’ektlarda qurilish - ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi va ajratilgan mablag‘ning maqsadli sarflanishi yuzasidan har bir ob’ekt monitoringga olinib tizimli nazorat o‘rnatildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8 fevraldagi PQ - 65 - son Qaroriga asosan yangi tashkil etilishi belgilangan “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi faoliyatini tezkorlik bilan yo‘lga qo‘yish va vazifalar ijrosini ta’minlashda ko‘maklashildi.

Xususan, Qaror ijrosi doirasida:

reja - jadvalga asosan hududlarda o‘rganishlar tashkil etilib, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Xorazm,

Toshkent viloyati va Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston

Respublikasidagi ob’ektlar joyiga chiqqan holda tekshirildi;

– yuklatilgan vazifalar ijrosini “respublika – viloyat – tuman” darajasida kunlik muhokama qilish va mas’ullar tomonidan

ko‘tarilgan masalalarni hal etib borish yo‘lga qo‘yildi;

– Qaror bilan joriy etilgan yangi tartibga muvofiq

Kompaniya tomonidan markazlashgan tartibda xarid qilinadigan

400 dan ortiq asosiy qurilish materiallari, jihozlar va kon-struksiyalar va 13 mingdan ortiq ishlab chiqaruvchi tashkilotlar

ro‘yxati shakllantirilib, Hukumat shtabiga taqdim etildi;

– dasturga kiritilgan 747 ta ob’ektning loyiha - smeta huj-jatlari zamonaviy va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, ekspluatasiya xarajatlarini kamaytirishga alohida e’tibor qaratgan holda namunaviy loyihalar asosida yangidan ishlab chiqildi;

– ta’lim sohasi ob’ektlari qurilishi belgilangan hududlarda joylashgan 144 ta yaroqsiz bino - inshootlar to‘liq buzdirildi;

– qurilishga to‘sqinlik qiluvchi 569 ta daraxtning ko‘chirish masalasi hal etildi.

Dasturlar ijrosi bo‘yicha mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Bosh prokuratura ishchi guruhi tomonidan Respublikaning barcha hududlarida o‘rganishlar olib borildi.

Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalari asosida dasturdagi loyihalarning qiymati asossiz oshirilmasligi va byudjet mablag‘larini tejashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, o‘rganishlarimiz natijasida loyiha hujjat-lariga asossiz kiritilgan salkam 2,4 trln. so‘m mablag‘ maqbullashtirildi.

Iqtisod qilingan mablag‘lar aholining dolzarb muammolarini hal qilish va qo‘shimcha ishlar bajarishga yo‘naltirish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, ob’ektlarda o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida 338 ta holatda sifatsiz bajarilgan 25,5 mlrd. so‘mlik hamda 138 ta holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 44,4 mlrd. so‘mlik ishlar bartaraf ettirildi.

Umuman, sohada o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida noqo-

nuniy hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha 79 ta protest keltirildi,

qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli idoralarga 360 ta taqdimnoma kiritildi, 1 104 nafar shaxs inti-zomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1 799 nafari rasman ogohlantirildi.

Aniqlangan qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 179 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 90,1 mlrd so‘mlik zarar undirilishi ta’minlandi hamda 9 823 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Tahlillar davomida aniqlangan tizimli muammolarni va huquqni qo‘llash amaliyotidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha hamda qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar tayorlanib, Hukumatga 5 ta normativ - huquqiy hujjat loyihalari kiritildi.

Kiritildi: 10:51 09.07.2024. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!