Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha rasmiy bayonot berildi


26 oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning boshqaruvidagi "Range Rover" rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida 2 nafar noma’lum shaxslar mazkur avtomashinaga o‘qotar qurolidan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashirinishgan.

Ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi bosh prokuratura bayonotida.

Kiritildi: 10:54 26.10.2024. O'qildi: 4971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!