Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Urganchda YPX inspektori “Cobalt” avtomobilining oynasini sindirdi

Urganchda YPX inspektori “Cobalt” avtomobilining oynasini sindirdi

Holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX inspektori tomonidan “Cobalt” rusumli avtomobilning old oynasi sindirilgani aks etgan videolavha Xorazm viloyati IIB tomonidan o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, 9 sentyabr kuni “Cholish” to‘siq-postida YPX inspektori avtomobilni to‘xtatish ishorasini bergan, biroq haydovchi qonuniy talabni bajarmasdan Urganch tomonga harakatni davom ettirgan.

Shundan so‘ng boshqa YPX inspektori avtomobilni Urganch shahri hududida kuzatib borgan va chorrahada haydovchidan to‘xtashni talab qilgan. Ammo haydovchi yana hamkorlik qilmagan va avtomobil eshiklarini qulflab, inspektor yo‘l oldida turganiga qaramasdan harakatni davom ettirmoqchi bo‘lgan. Shu paytda inspektor avtomobilni to‘xtatish uchun aloqa vositasi yordamida old oynani urib sindirgan.

Bunga qaramay, haydovchi voqea joyidan qochishga uringan, biroq keyingi chorrahada ushlangan. Surishtiruvda aniqlanishicha, Beruniy tumanida yashovchi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 2003 yilda tug‘ilgan shaxs avtomobilni hech qanday hujjatsiz boshqargan. Shuningdek, ushbu mashina oldin ham uch marta qoidabuzarlik sodir etgan va jarimalar ikki oydan ortiq muddat davomida to‘lanmagan.

Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar berdi Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati.

Kiritildi: 15:43 13.09.2025. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!