Kredit shartnomasiga asosan qarzdorlik o‘z muddatida to‘lanmasa shartnoma muddatidan oldin bekor qilinib, undiruv garov mulkiga qaratilishi mumkin.
Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor SH.O.dan davlat foydasiga 10,3 mln. so‘m davlat boji hamda bank foydasiga 243,5 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garov mulki hisoblangan.
“MALIBU 2” rusumli avtomashinasiga qaratish haqidagi ijro hujjati Byuroning Xonqa tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Olib borilgan ijro harakatlari va qidiruv natijasida
Garov mulki bo‘lgan “MALIBU 2” rusumli avtomashinasi topilib, qarzdor ishtirokida jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.