Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Urganchda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi

Urganchda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi

"O‘zenergoinspeksiya" Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch shahrida "Q. G‘." MCHJga qarashli savdo do‘koni elektr qurilmalarini hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 milliard 969 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!