Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Urganch shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ qo‘lga tushdi

Urganch shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ qo‘lga tushdi

“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch shahrida "S. P. T." MCHJga qarashli binoning elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 milliard 426 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:43. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!