Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya sobiq shazodasi hibsga olindi

 Buyuk Britaniya sobiq shazodasi hibsga olindi

Buyuk Britaniya sobiq shazodasi Endryu zo‘ravonlik va lavozimini suiiste’mol qilishda gumonlanib hibsga olindi — BBC.

Buyuk Britaniya polisiyasining ma’lum qilishicha, sobiq shahzoda Endryu jinsiy jinoyatlarda ayblangan amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynga maxfiy hujjat va ma’lumotlarni taqdim qilgani tufayli qo‘lga olingan.

AQShda e’lon qilingan Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlar to‘plamidan ma’lum bo‘lishicha, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning ukasi Endryu Jeffri Epshteynga Singapur, Gonkong va Vyetnamga qilgan safarlari bo‘yicha hisobotlar va investisiya imkoniyatlariga oid maxfiy tafsilotlarni yetkazgan.

Sobiq shahzoda Epshteyn bilan aloqalari sababli barcha unvonlardan mahrum qilingan. 66 yoshli Endryu barcha ayblovlarni rad etib, hech qanday qonunga xilof ish qilmaganini ta’kidlab keladi.

Kiritildi: 16:20 19.02.2026. O'qildi: 1876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!