Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Kreml o‘z rasmiy Telegram-kanalini yuritishda qiyinchiliklarga duch kelmayapti.
Shuningdek, Peskov Kreml proksi va VPN xizmatlaridan foydalanganini inkor qilmadi.
10 fevral kuni Roskomnadzor Rossiyada Telegram'ning sekinlashgani haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqladi. Idora bu choralar Rossiya qonunchiligi buzilishiga va fuqarolar xavfsizligiga nisbatan tahdidlarga qarshi qo‘llanilganini bildirdi.
Internet-senzura bo‘yicha ekspertlarning fikricha, Rossiya rasmiylarining asl maqsadi mamlakat hududidagi foydalanuvchilarni davlat nazorati ostidagi messenjerlarga, birinchi navbatda Max va VK'ga o‘tkazish uchun Telegram'ni bosqichma-bosqich siqib chiqarish orqali sharoit yaratishdir.