Rossiyada mulkni oligarxlar o‘rtasida qayta taqsimlash 2021-2023 yillarda har sakkizinchi milliarderga ta’sir ko‘rsatgan.
The Bell'ning Cedar mustaqil tahlil markazi tadqiqotiga tayanib xabar berishicha, 1990—yillardan beri Rossiyada mulkchilikning eng yirik qayta taqsimlanishi o‘nlab yirik biznesmenlar va daromad bo‘yicha 20 ga yaqin eng yirik kompaniyalarga ta’sir ko‘rsatgan.
Tadqiqotga ko‘ra, 2014 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda Forbes ro‘yxatining 311 nafar ishtirokchisidan 30 nafari (9 foizi) milliylashtirish yoki aktivlarni bozor qiymatidan past narxlarda majburiy sotishga duch kelgan. Shu bilan birga, ulardan 17 nafar tadbirkor so‘nggi o‘n yillikdagi eng boy rossiyaliklarning top-100 taligiga kiradi.
Agar faqat Forbes'ning 2021-2023 yillardagi ro‘yxatlaridagi milliarderlarni ko‘rib chiqilsa, hukumatning harakatlaridan 204 kishidan 25 nafari yoki 12 foizi jabr ko‘rgan bo‘ladi.
Qayd etilishicha, 13 ta holatda milliarderlar Rossiyadagi asosiy biznesidan ayrilgan. Faqatgina beshta holatda javobgarlar Bosh prokuratura ta’qibidan “qochishga” muvaffaq bo‘lgan.
"Rossiyada mulkni qayta taqsimlash 2021 yilda boshlangan, ammo Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin uning sur’atlari sezilarli darajada tezlashdi", deyiladi xabarda.