Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘qituvchi yo‘lbarsga yem bo‘ldi

O‘qituvchi yo‘lbarsga yem bo‘ldi

Hindistonda yirtqich yo‘lbars 23 yoshli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga hujum qilib, uni halok qildi.

Jabrlanuvchi qo‘ziqorin terish maqsadida o‘rmonga kirgan va o‘shandan beri uyiga qaytmagan. Qidiruv ishlariga kirishgan mahalliy aholi o‘rmon ichida uning yuzi va oyog‘i saqlanib qolgan jasadini topgan.

Bu hodisa Hindistonda yo‘lbarslar tomonidan insonlarga qilingan takroriy halokatli hujumdir. Iyul oyida Sundarbanda yo‘lbars bir kishini parchalab tashlagan, ikkinchi jabrlanuvchi esa hanuzgacha topilmagan.

Bundan avvalroq Maxarashtra shtatidagi Parseoni shahri yaqinida dehqon ham yo‘lbars qurboniga aylangani qayd etilgan. O‘shanda ham o‘rmon xodimlari voqea joyidan yo‘lbars izlarini topgan edilar.

So‘nggi yillarda Hindistonda bunday fojialar keskin ko‘paymoqda. Buning asosiy sababi — o‘rmonlar qisqarishi va odamlarning tabiiy muhitga yaqinlashib borishidir. Qishloq aholisi tez-tez o‘rmonga yoqilg‘i, qo‘ziqorin va boshqa resurslar izlab kiradi, bu esa ularni xavf ostida qoldiradi.

Ayrim mintaqalarda bolalar ham bolta bilan yurishga majbur bo‘lishmoqda, chunki hayvonlar hayot uchun jiddiy tahdid solmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:55. O'qildi: 1129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!