Eng muhimi, ular zarrachani kvant holatini buzmasdan o‘tmishga qaytarishdi.
Bu ilm-fandagi fundamental inqilobdir — nima yuz berganini qisqacha tushuntiramiz:
— Avstriya fanlar akademiyasida fotonni kuzatmasdan uni oldingi joyiga qaytaruvchi «kvant kaliti» yaratildi. Bu superpozisiya holatini saqlaydi — ya’ni zarracha bir vaqtning o‘zida «0» va «1» holatda bo‘ladi.
— Ushbu protokol «oldinga» ham ishlaydi — barcha mumkin bo‘lgan trayektoriyalarni bitta natijada birlashtirib, vaqtni tezlashtirish mumkin.
— Nazariy jihatdan ushbu usul har qanday kvant ob’ektiga, ya’ni bir kun kelib massiv jismlarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Ha, odamlarga ham.
Asosiysi: Bu xatosiz ishlovchi kvant kompyuterlari sari qadamdir — tibbiyot, fan va koinotdagi kvant simulyasiyalar minglab marta tezroq bo‘lishi mumkin. Odamlar vaqtini boshqarishgacha hali ancha bor, lekin bizda endi vaqt yo‘nalishini o‘zgartiradigan birinchi ishlovchi protokol mavjud.