Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

9,5 mlrd so‘m! Xalq bankida yana firibgarlik

9,5 mlrd so‘m! Xalq bankida yana firibgarlik

Xalq banki Namangan viloyati Mintaqaviy markazi yollanma xodimi bankning 9,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larini o‘zlashtirib yubordi.

Bank matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Namangan viloyati Xalq banki Yangiqo‘rg‘on tumani bank xizmatlari markazida aniqlangan huquqbuzarliklar haqida quyidagilarni ma’lum qildi.

Bank tomonidan korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va unga qarshi kurashish bo‘yicha qator amaliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Har qanday aniqlangan korrupsion holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning aprel oyida Namangan viloyati Mintaqaviy markazi yollanma xodimi tomonidan bankning dasturiy ta’minotiga noqonuniy kirgan holda, bankning 9,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lari o‘zlashtirilganligi holati bankning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.

Hozirda ushbu ishga aloqador bo‘lgan shaxslarga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:20 12.08.2025. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!