"Tramp allaqachon o‘yin qoidalarini o‘zgartirib bo‘lgan. U mumkin bo‘lgan tinch yo‘l bilan hal qilish uchun sharoit yaratib bergan, bu uning boshidanoq maqsadi edi”, — dedi Pentagon rahbari Xegset.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Putin bosimni his qilmaganida, uchrashuvga rozi bo‘lmasdi.
«Biz kuch orqali tinchlik tamoyiliga amal qilamiz, lekin muzokaralar haqida gap ketganda, hududlarni almashish, imtiyozlar bo‘lishi mumkin, va hech kim bundan qoniqmasligi aniq. Lekin qabul qilishga majbur», dedi AQSh mudofaa vaziri Xegset