Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putinning maslahatchisi uning talablarini ma’lum qildi

A A A
Putinning maslahatchisi uning talablarini ma’lum qildi

Corriera della Sera nashrining Dmitriy Suslovga tayanib xabar berishicha, Rossiya prezidenti quyidagilarni talab qilmoqda:

— Ukrain Qurolli kuchlarining Donbassdan olib chiqilishi;

Rossiya armiyasining Sumi, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlaridan chiqarilishi, ammo Donbassdan tashqari yo‘nalishlarda front chizig‘ini saqlab qolish;

Ukrainaning NATO'ga a’zo bo‘lmasligi majburiyati;

Ukrainani qurolsizlantirish va mamlakatning federativ tuzilishiga oid konstitusiyaviy islohotlar o‘tkazish;

Rossiyaning AQSh bilan Ukraina va Yevroittifoq ishtirokisiz ikki tomonlama bitim tuzishi.

"Putin Trampdan Kiyev Moskvaning shartlariga rozi bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordamni to‘liq to‘xtatishini va hatto yevropaliklarga qurol sotishni ham man qilishini istamoqda", deya yozmoqda Corriera della Sera.

Kiritildi: 21:57 12.08.2025. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!